Biz haqimizda

INTER-SPORT-PRO

Sport-sog‘lom inson, uzoq va baxtli hayot, tinchlik va do‘stlik timsoli.

Tashkilotimiz asosiy yo‘nalishlaridan biri aholi o‘rtasida sport musobaqalari, sport tadbirlarini tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etib, yoshlarimizni, faxriylarimizni, sport bilan shug‘ullanuvchilarni ommaviy sportdagi ulushini oshirishda xizmat ko‘rsatishdan iborat.

 

Faoliyatimiz quydagilarni o‘z ichiga olgan:

  • Sportning barcha turlari buyicha yoshlar jamoalarini tashkil etish, mahoratli sportchilarni tayyorlab, yurtimiz terma jamoalariga yetkazib berish;
  • Faxriylarimizni ommaviy sportga keng jalb qilish, ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida faxriylar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etish;
  • Faxriylar o‘rtasida xalqaro turnirlar tashkil etish, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish;
  • Faxriylar sport jamoalarini tashkil etish;
  • Sportning barcha turlari buyicha(chegaralanmagan yosh toifasi)O‘zbekiston va chet davlatlari hududlarida xalqaro musobaqalar, sport tadbirlari, yig‘inlar tashkil etish;
  • Vazirliklar, tashkilotlar, bilim yurtlari, mahallalarda, istirohat bog‘larida sport buyicha tadbirlar va musobaqalarni o‘tkazib berish;
  • Sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini,faollarini taqdirlash va mukofotlash uchun kubok,medallar,diplomlar,ko‘krak nishonlari va boshqa rag‘batlantiruvchi buyumlar, mahsulotlar yetkazib berish;
  • Musobaqalar o‘tkazish uchun sport inshoatlarini topish, jihozlash;
  • Xavaskorlar o‘rtasida sport musobaqalari, tadbirlari, festivallari hamda turli sabablar bilan o‘tkaziladigan bayramlarda soddalashtirilgan sport musobaqalari tashkil qilish;
  • Nufuzli chempionatlar hamda xalqaro turnirlar g‘oliblari ishtirokida yosh sportchilarga,o‘quvchi-yoshlarga master-klasslar tashkillashtirish;
  • Shuningdek yakka tartibdagi, jamoaviy sport turlari hamda sport inshootlari uchun tovarlar, sport buyumlari, sport jihozlari yetkazib berishdan iborat.