Toshkent viloyati futbol assosiasiyasining 2023 yil yakunlariga bag‘ishlangan HISOBOT-KONGRESSI hamda 2023 yil nominantlarini taqdirlash marosimida «Intersport MChJ» vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir 2024-yil 3-fevral’ kuni Yangiyul tumani Guliston MFY «Barkamol avlod» bolalar maktab majmuasi madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Hisobot-kongressida Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i R. Boboqulov,Toshkent viloyati futbol assosiasiyasi vise-prezidenti A.Jadigirov,»INTER-SPORT-PRO» MChJ direktori N.Boboev, «Intersport 50+»jamoasi rahbari X.Rustamov , o‘zbek futbolining yaqin o‘tmishdagi afsonalari hamda bir guruh futbol faxriylari ishtirok etishdi.