Kecha Toshkent Akademiyasi maydonida 40+ faxriylar ligasi finali bo‘lib o‘tdi.

Bunda «Osiyo» va «Inter Sport» jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda «Osiyo» jamoasi raqibi ustidan 6:0 hisobida zafar quchib, bosh sovrin kubokni qo‘lga kiritdi.

O‘yinda Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiev hamda Sergey Lushan tomonidan kiritilgan ikkitadan gollar «Osiyo» futbolchilariga g‘oliblikni taqdim etdi.

Final yakunida g‘olib jamoaga esdalik diplomi hamda kubok topshirildi. Sovrinni TFA vise-prezidenti o‘rinbosari Nodirxo‘ja Yuldashev topshirdi. Shuningdek, bu jamoa 40+ faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni ham bo‘lgani uchun asosiy Kubok ham taqdim etildi.

Shu kuni maydonda Odil Isaboev, Hikmat Hoshimov, Aleksandr Xvostunov, Rustam Qurbonboev, Ruslan Vagapov, Vohid Xolboev, Aleksey Nikolaev, Akmal Xolmatov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiev, Alisher Bozorov, Sergey Lushan, Abdumajid Toirov kabi sobiq futbolchilar harakat qilishdi.

Shu o‘rinda «Osiyo» jamoasini chempionlik, «Inter Sport»ni finalchi bo‘lgani hamda «Uz Karlsberg» jamoasini uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan tabriklab qolamiz.