«INTER-SPORT-PRO» MChJ ko‘plab turnirlarda birgalikda hamkorlik qilib kelayotgan, faxriylar o‘rtasidagi Faxriylar Oliy ligasi futbol musobaqasiga homiylik qiladi!

✅ Faxriylar Oliy ligasi O‘zbekiston «VETERAN» Jangchi-faxriylar Birlashmasi, Sport vazirligi, Qurolli kuchlar faxriylari kengashlari, O‘FA faxriylar kengashi xamkorlik dasturi asosida, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda faxriylarimizni doimiy sportga jalb qilish maqsadida 2022-yildan faxriylar o‘rtasida futbol musobaqalari o‘tkazib kelayotgan futbol turniri hisoblanadi.

Qisqa vaqt davomida «INTER-SPORT-PRO» MChJ  Faxriylar oliy ligasi bilan birgalikda faxriylar o‘rtasidagi respublika musobaqalaridan tashqari, xalqaro futbol turnirlarida xam munosib qatnashib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan.