40 yosh va o‘ndan kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Faxriylar Oliy ligasi futbol musobaqasida «Intersport»jamoasi ketma-ket ikki bora chempion bo‘lishdi!

🔥 5-noyabr’ kuni chempionatning  so‘nggi uchrashuvi, o‘z vaqtida Osiyo futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Server Djeparov(Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi)boshchiligidagi «Aviator» jamoasiga qarshi kechdi.

Soloxiddin Xalimov murabbiyligidagi jamoamizni faqat g‘alaba qoniqtiradigan uyinning 1-bo‘limida Faxriylar Oliy ligasining eng yaxshi xujumchilaridan biri Otabek Ataev(Aviator) mexmonlarni oldinga olib chiqdi. 2-bo‘lim o‘rtalarida bir uyinchi kam bo‘lib qolgan Intersport jamoasi, o‘zining kuchli irodasini ko‘rsatishib, Pavel Salominning dubli, Nuriddin Boboevning gollari xisobiga g‘alabaga erishib, 2023-yilgi turnir chempionligini qo‘lga kiritishdi.

✅ «Furqon stables» futbol maydoni

Intersport   –   Aviator
3                        1

Chetlatish-Jasur Sadiqov